Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Pornografiya – buzuqlik targ‘iboti uchun qanday javobgarlik belgilangan?


Pornografiya maxsuloti – badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video tasvirini yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va narsalar.

Pornografik video yoki rasmlarni tayyorlagan, O‘zbekiston hududiga olib kirgan, reklama qilgan, namoyish etgan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik: pornografik mahsulot, shuningdek uni tayyorlashda, tarqatishda, reklama qilishda va namoyish etishda foydalanilgan vositalari musodara qilinib, fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha (hozirda bu miqdor 8 612 000 so‘mdan 17 224 000 so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha (17 224 000 so‘mdan 25 836 000 so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoiy javobgarlik: shunday qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha (68 896 000 so‘mdan 103 344 000 so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Shuningdek, pornografik mahsulotni tayyorlashda voyaga yetmagan shaxsni jalb qilish, shuningdek, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 7176 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pornografiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное