Kaliforniya ko'chalarida sinovdan o'tayotgan Google`ning o'zini o'zi boshqaradigan mashinasi juda sekin harakatlanayotgani sababli politsiya tomonidan to'xtatildi.
Hodisa Google bosh qarorgohi joylashgan Mauntin-Vyu shahrida bo'lib o'tdi. Patrul politsiyasi zobiti mashilardan biri eng past tezlik soatiga 35 mil (56.33 km) qilib belgilangan yo'lda 24 mil (38.62 km) tezlikda harakatlangan holda boshqa avtomobillarga muammo tug'dirayotganini payqab qoldi.
Politsiya tomonidan to'xtatilgan “qoidabuzar” Google`ning haydovchisiz boshqariladigan mashinasi bo'lib chiqdi. Zobit transport vositasi operatoriga bunday tezlikda harakatlanish qoida buzilishi hisoblanishini ma'lum qilib, “guglomobil” tezlikni qanday qilib tanlashiga qiziqdi. Biroq oxir-oqibat qoida buzilmaganini tan oldi.
Gap shundaki, avtonom avtomobillarni sinovdan o'tkazishda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ular tezligi soatiga 25 mil qilib belgilangan. Zarurat tug'ilganida, hozircha rul oldida uni kuzatib boradigan operator boshqaruvni o'z qo'liga olishi mumkin.
Google kompaniyasi bo'lib o'tgan hodisani tasdiqlab, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va sinovdan o'tkazilayotgan avtonom avtomobil umumiy bo'lib 1,2 million mil (1,93 mln km) masofani mustaqil ravishda bosib o'tishga ulgurdi. Bunda biror marta ham jarimaga tortilmadi. Sinov ishlari Texas shtatidagi Ostin hamda Kaliforniya shtatidagi Mauntin-Vyu shaharlarida umumiy foydalanishdagi ko'chalarda bo'lib o'tadi.