Pokistonlik ayol o‘z jazmanining ustidan kislota quydi
Pokiston polisiyasi qasoskor ayolni hibsga oldi. Ayol unga uylanishni rad etgan erkak ustiga kislota sepib yuborgan, deya “Dailsabah” xabar bermoqda.
Mahalliy polisiya vakili Bashir Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, voqea Pokistonning markaziy shaharlaridan biri Mahdum Rashidda bir kun oldin, ya’ni 16 iyun kuni sodir bo‘lgan. Ahmad jinoyatchi ayol 32 Monil Maigini aytib o‘tdi.
Polisiyachining aytishicha, Mai allaqachon turmushga chiqqan va jazmani Sadoqat Ali bilan turmush qurmoqchi bo‘lgan. Shu o‘rinda, ayol eri bilan ajrashish niyatida yurgan. Ali turmush qurishni xohlamagach, Mai uning ustiga kislota sepgan. Jabrlangan jazman ayni damda Panjob viloyatining Mo‘lton shahridagi shifoxonada davolanmoqda.
Pokistonda odatda ayollar kislota sepilishining qurboni bo‘ladilar, bunda ayol erkakka turmushga chiqishni rad etsa, uni haqorat qilsa, nomus uchun erkak ayoldan o‘ch oladi. Biroq ayollarning erkaklarga kislota bilan hujum qilishi kamdan-kam uchraydigan holatdir.