Piyodalar yo‘lakchasidan yurmagan 27 yoshli ayol halok bo‘ldi
Rossiyada bo‘lgan avtohalokat natijasida 27 yoshli o‘zbekistonlik ayol qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Inruza.ru” nashri xabar bermoqda. Hozircha YTH natijasida halok bo‘lgan piyodaning shaxsi aniqlashtirilmagan.
Xabarda aytilishicha, soat 20:00 atrofida katta tezlikda Tuchkovadan Odinsovaga tomon yo‘lga chiqqan Shevrolet markali avtomashina piyodani urib yubordi.
Ruzsk okrugi huquq-tartibot idoralarining xabar berishicha, avtomashinani 40 yoshli erkak boshqarib kelayotgan edi.
Piyodalar o‘tish yo‘lagi u qadar uzoq bo‘lmasada o‘zbekistonlik deya aytilayotgan ayol yo‘lning mumkin bo‘lmagan joyidan kesib o‘tgan va buning natijasida YTH sodir bo‘lgan.
Piyoda ko‘plab tan jarohatlari olgani bois, shifoxonagacha yetib bora olmay tez tibbiy yordam mashinasida vafot etdi, deyilmoqda e’lon qilingan xabarda.