UzCard rahbari Ahror Mahmudovning ma’lum qilishicha, kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni juda istayotgan ekan. Qiwi, «Yandeks.Dengi» va Webmoney esa allaqachon UzCard bilan kelishuvlarni imzolab bo‘lgan, deb xabar berdi «Spot».
«Ishonch bilan aytishim mumkinki, yaqin bir oy ichida biz to‘rttala servisdagi hisobni so‘m bilan to‘ldirish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushiramiz», - deydi yagona umumrespublika protsessing markazi bosh direktori Ahror Mahmudov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, PayPal, Qiwi, «Yandeks.Dengi», Webmoney’dagi onlayn-hamyonlarni naqd pul bilan, terminallar va infokiosklar orqali, shuningdek, UzCard kartasini ulab qo‘yish orqali onlayn-rejimda ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston «PayPal»ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat hisoblanadi.