Parizod raqs ansambli qizlari ertalabdan kimning tinchini buzdi
"Parizod" raqs ansamblining tinib-tinchimas qizlari bugun ertalabdan poytaxtimiz uylaridan birining “tinchini buzishdi”. Bunga arzirli sabab bor edida. Nimaga deysizmi? Bugun ushbu ansamblning betakror raqslarini sahnalashtiradigan baletmeyster Gulandomning tavallud ayyomi.
Shu munosabat bilan raqqosa qizlar ertala tongdan u yashaydigan uyning tagiga borib musiqa jaranga ostida “Happy birthday”ni kuylashdi.
Parizoda o‘zining Instagram'dagi sahifasida unga qarata shunday tabrik qoldirdi:
“Mana dugona bo‘lganimizga ham chamasi 12 yil bo‘libdi, eng ko‘p vaqtim oilamdan ko‘ra shu qiz bilan o‘tgan desam adashmayman, nima hohlashimizni ko‘zimizdan tushunamiz. Hamkasbim va ansamblni iqtidorli baletmeysteri Gulandom tug‘ilgan kuning bilan tabriklayman. Illohim o‘ylagan barcha niyatlaringga erishgin, sog‘lom ona bo‘lib, farzandlarni kamolini ko‘rgin, ijodda esa yanada yuksak parvozlar tilayman, birdamligimiz abadiy bo‘lsin."
Tabrik videosini quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin!
https://www.instagram.com/p/_BUgmTuXsx/