O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov yangi konsert oldidan muxlislarini qalbaki taklifnoma chiqqanligidan ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning aprel oyida taqdim etiladigan “Mehring sabab” deb nomlangan konsert dasturiga qalbaki taklifnomalar tarqalgan. Qalbaki taklifnomalarni haqiqiysidan ajratib bir nechta jihati bor.
Birinchidan, qalbaki taklifnomaning qog‘ozi sifatsiz va yupqa;
Ikkinchidan, qalbaki taklifnomada qator va joy raqamlari ruchkada yozilgan bo‘lsa asl taklifnomada pechatlangan;
Uchinchidan, haqiqiy taklifnoma maxsus gallogrammaga ega;
Eng so‘nggi farqi haqqoniy taklifnoma sotilmaydi, u faqat taklif etilganlarga beriladi.
Haqqoniy va qalbaki taklifnomalarni quyidagi video orqali ham farqlab olishingiz mumkin.