Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri etib tayinlandi
Kecha, 21-yanvar kuni O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Xabardor.uz’ning manbasi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017-yilning iyunida “Yoshlar” telekanali direktori etib tayinlangan, bu lavozimda bir oy ishlagach, telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirgan, 2017-yilning avgustida esa madaniyat vaziriga o‘rinbosar bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldingi vazir Baxtiyor Sayfullayev, 18-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan senator etib tayinlandi.