Ozodbek Nazarbekov: «“Ilhom” teatri o'z joyida qoladi»
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o'zining Instagramdagi sahifasida «Ilhom» teatri bo'yicha quyidagi xabarni qoldirdi:
«Ilhoming so'nmasin, “Ilhom”!
So'nggi kunlarda shov-shuvga sabab bo'lib kelayotgan, keng jamoatchilik e'tiborida turgan masala bu “Ilhom” teatrining kelajagi haqidadir. 10 fevral kuni ushbu masala yuzasidan “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashdim. Uchrashuvda nafaqat O'zbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham o'z dovrug'i va muxlisiga ega bo'lgan «Ilhom» teatri o'z joyida qolishiga kelishib olindi.
Madaniyat va san'at Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qo'llab-quvvatlanadi«.