Yangi yilga bag‘ishlab o‘tkazilgan balda Ozoda Saidzoda
o‘zining yangi "E’tirof et” nomli albomini taqdim etdi. Bu haqda "Shov-shuv”
nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu albom ustida xonanda olti yil
davomida ishlagan.
Ozoda musiqiy albomdan joy olgan barcha qo‘shiqlarni jonli
tarzda ijro etdi. Bek-vokalda san’atkorning shogirdlari unga jo‘r bo‘lgan
bo‘lsa, raqsda "Parizoda” raqs dastasi hamohang bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Ozoda Saidzoda taqdimot davomida so‘zlagan nutqida
san’atimiz uchun jon berib, fidokorona mehnat qilish har bir san’atkorning burchi
ekanini ta’kidlab, aynan shu burch unga tinimsiz izlanishda bo‘lishga kuch
bag‘ishlashini bildirdi. "Toki hayot ekanman, kuylashdan charchamayman!” — dedi
xonanda.
Manba:daryo.uz, shov-shuv.uz