Shu kunlarda butun musulmon ahli muborak Ramazon Hayitini nishonlamoqda.
An’analarimizga ko‘ra, ushbu kunlarda keksalar yo‘qlanadi, yangi tushgan kelinlar esa dasturxon yozib, mehmon kutadi.
Boshlovchi Oyxon Iforzoda ham o‘zining ilk kelinlik hayitini nishonladi. Bu haqda u o‘zining “Instagram”dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Kecha men uchun juda hayajonli kun bo‘ldi... Hali kichkina qizaloq paytimda Hayit bayramini orziqib kutardim. Birinchidan, hayitliklar, ikkinchidan, kelin salomlar! Hayit kuni dasturxon yozib, mehmon kutgan kelinlarga havas bilan qarardim! Katta bo‘lsam men ham kelin bo‘laman, kelin salom qilaman deb niyat qilardim... “Niyat xolis bo‘lsin”, deb bekorga aytishmas ekan! Bugun men kelinlik liboslarida salom qilyapman! Ollohga beadad shukr! Chiroyli Hayit dasturxonini yuborgan onajonim, akajonimga, meni qo‘llab quvvatlagan oilamga, xizmat qilgan singlim va dugonalarimga, kelgan barcha mehmonlarga, liboslarim dizaynerlariga va albatta stilistimga tashakkurimni izhor etaman! Yetkazganiga shukr”, – deb yozadi Oyxon.