Oyning shimoliy qutbida noma’lum ob’ekt borligi aniqlandi
Havaskor astronomlardan biri olgan suratda oyning shimoliy qutbida noma’lum ob’ekt borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ulkan binoga o‘xshash ob’ekt Yer yo‘ldoshining shimoliy qismida joylashgan.
Teleskop orqali oyni kuzatayotgan astronom-amatorning olgan suratlarini o‘rgangach, mashhur ufolog Skott K.Uoring ob’ekt yirik dumaloq shakldagi bino ko‘rinishida ekanini ma’lum qildi, deb yozadi “Vistanews.ru” nashri.
Binoning tepa qismida atrofga soya tashlab turgan uyning tomini eslatuvchi ob’ekt bor. Ufolog ayni ob’ekt oyda hali inson bilmaydigan ko‘plab narsalar borligini bildirishini alohida ta’kidladi.
Aytish lozimki, Yer yo‘ldoshida noma’lum ob’ektlarning borligi bundan avval ham aytilgan. Ukert krateridan uzoq bo‘lmagan hududda g‘aroyib geometrik shaklga ega bo‘lgan bino borligi aniqlangan. Olingan suratlarda to‘g‘ri burchakli shisha binoni ko‘rish mumkin.