Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

Oybek va Nigora vodiydan salom yo'llaydi...



Ayni kunlarda vodiy bo'ylab keng gastrol safarlarida yurgan Oybek va Nigora 29 aprel kuni gastrol safaridan qaytadi. Ushbu gastrol safari 11 kun davom etgan bo'lsa, oldinda yana yangi ijod namunalari ustidagi ishlar kutib turibdi.  Yaqindagina o'zlarining rasmiy saytlarini yangi ko'rinishda tashkil etgan Oybek va Nigora tez kunlarda Mr Akrom bilan birgalik "1234" deb nomlangan qo'shig'iga klip suratga olib, muxlislar hukmiga havola etish taraddudida. Aniqrog'i klip suratga olib bo'lingan, hozirda uning montaj ishlari ketmoqda. Shuningdek, o'zini aktyorlik mahoratni namoyon etib kelayotgan Nigora Ismoilova ham yangi filmda suratga tushganini ma'lum qildi. Yangi film "18 yoshliklar" deb nomlangan bo'lib, uning rejissori Jahongir Ahmedov hisoblanadi. Film namoyishi may oyining oxirlariga mo'ljallanmoqda. Demak, bu bitiruvchilar uchun o'ziga hos sovg'a bo'lsa ajab emas. Darvoqe, mazkur filmda SB.uz portalining 5 yillik to'yida boshlovchilik vazifasini o'tagan Alisher Uzoqov ham asosiy qahramon obrazini talqin etganligi alohida e'tiborga molik.





Категория:
Просмотров: 5325 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное