Opera Max dasturi Youtube videotrafigini siqishni o‘rganib oldi
Opera Software kompaniyasi Opera Max dasturini yangiladi. Dasturchilarning ta’kidlashicha, Opera Max’ning Android uchun yangi versiyasida videotrafikni sifatni sezilarli yo‘qotmasdan siqish va Youtube va Netflix videosersislari uchun buferizatsiya qilish vaqtini kamaytirishga imkon beradigan texnologiya qo‘llangan.
Opera Max dasturi Android uchun mo‘ljallangan trafikni boshqarish va tejash uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, mobil internet yoki Wi-Fi’dan foydalanganda istalgan dasturda video va fotosuratlarni siqish imkonini beradi.
Natijada Opera Max YouTube va Netflix’da video ko‘rganda ko‘proq HTTPS-trafikni tejaydi. Foydalanuvchi tomonidan tejab qolingan trafik miqdori mobil yoki Wi-Fi tarmoq, mobil qurilma turiga bog‘liq bo‘ladi. Dasturchilar boshqa HTTPS-videoservislarda ham videotrafikni tejash imkoni ustida ish olib borishni rejalashtirmoqdalar.
Opera Max’ni Google Play’dan yuklab olish mumkin.