Ona qizining yotoqxonasida arvohni ko`rganini bildirdi
Avstraliyalik Jeyd Yates ismli ayol Feysbukka arvoh aks etgan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.
Ayolning kichkina, Rubi ismli qizi xonasida yolg`iz uxlagani sababli, u kechasi qizini nazorat qilish uchun yotoqxonaga videokamera o`rnatdi. Bir kuni ayol kuzatuv kamerasiga qarab turib, dahshatga tushdi. Qizining karavotchasi ustida harakatlanayotgan shaffof, oq dog`ga ko`zi tushdi. Uning aytishicha, xonaning eshik va derazasi yopiq bo`lgan. Shu sababli u mazkur video yuzasidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikri bilan qiziqqan:
“Bugun kechasi umuman uxlay olmasam kerak. Balki kimdir ruh va arvohlarning borligiga ishonar, ammo men shu kungacha ularning mavjudligiga ishonmaganman. Qizim Rubining karavotchasi ustida turgan narsani ko`rib, dahshatga tushdim. U nima bo`lishi mumkin? Qo`rqib ketgan ona.”
Bu videoni uch milliondan ortiq odam tomosha qilib, fikr bildirdi. Ularning aksariyati oq dog`ni xira nur, shu`la deb, ba`zi mistikaga ishonuvchilar esa arvoh deb tan olgan.