Og‘abek Sobirov chiroq o‘chib qolsa ham konsertini davom ettirdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov Xorazm viloyati bo‘ylab ustoz san’atkor Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturlarini taqdim etib kelmoqda. Shunday dasturlardan birida zalda chiroq o‘chib qoldi. Shunga qaramay san’atkor jonli ijroda o‘zi musiqa asbobini chalib, kuylashda davom etdi. Birozdan so‘ng esa chiroq ham yondi va zalda xursandchilik ovozlari yangradi. Xonanda ushbu konsertdan lavhani o‘zining Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi.