«O‘zbekturizm» vaqtincha Turkiyaga bormaslikni tavsiya etdi
«O‘zbekturizm» fuqarolarni Turkiyaning ayrim qismlarida keskinlikning yuqori darajasi saqlanib qolayotganidan ogohlantirdi.
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Turkiyaga otlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqib, sayyohlik operatorlariga mazkur mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olishni so‘radi, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri.
“2016 yilning 27 iyul holatiga ko‘ra, Turkiya Respublikasining ayrim qismlarida keskinlikning yuqori darajasi saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda Turkiyaga sayohat qilish xavfsiz emas, — deyiladi “O‘zbekturizm” xabarida. — Shu munosabat bilan mazkur mamlakatdagi vaziyat barqarorlashgunga qadar Turkiyaga safar qilish tavsiya etilmaydi».
Ayni paytda Turkiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga zaruriy ehtiyotkorlik choralariga rioya etish tavsiya qilindi.