27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:33da Afg‘onistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. Yer silkinishi koordinatalari: 36,6 gradus shimoliy kenglik; 69,86 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 100 km. Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 522 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha. Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Jumladan: Farg‘ona: 453 km, 2 ball; Guliston: 443 km, 2 ball; Jizzax: 429 km, 2 ball; Samarqand: 424 km, 2 ball; Termiz: 240 km, 3 ball; Qarshi: 437 km, 2 ball.