O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi
Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keltirilmoqda, deya xabar beradiO‘zA.
Hujjatga muvofiq, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz va bepul 11 yillik ta’lim negizida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosda, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan ta’lim muddatlarida amalga oshiriladi.