Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlarida o‘qish pulli bo‘ladi


Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadiNorma.

Prezidentning 26-yanvardagi farmoniga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga faqat 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan edi. Ta’lim muassasalarining o‘zlari vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar balansiga beriladi.

Yangi qarorda kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilab qo‘yildi.

Vazirliklar va idoralarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:

to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tushadigan mablag‘lar;

vazirliklar va idoralarning ushbu maqsadlarga xarajatlar smetasida har yili nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari belgilandi.

Xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:

to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning mablag‘lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari belgilandi.

Ko‘p tarmoqli kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib — mutaxassislarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish va qayta tayyorlash uchun ota-onalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari belgilandi.

Kam ta’minlangan oilalardan o‘quvchilar kasb-hunar (ko‘p tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, bepul asosda o‘qitiladi.

Moliya vazirligi har yili kasb-hunar kollejlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini belgilaydi.

Kasb-hunar kollejlarida davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar hududlarda kamida uch yil ishlab beradi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6364 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kasb-hunar kolleji
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное