Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun to‘lov chegirib tashlanadi
O‘zbekiston hududlarida 25-yanvar kuni elektr energiya, issiqlik va tabiiy gaz ta’minotida kuzatilgan uzilish sabab isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun to‘lovlar chegirib tashlanadi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov xabar qildi.

“Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, isitish tizimi ishlatilmagan kunlar uchun, albatta, pul chegirib tashlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 194-son qarorida ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan”, — deydi u,

Qayd etilishicha, 26-yanvar kuni Toshkent shahridagi barcha qozonxonalar faoliyati tiklangan. Lekin issiqlik xonadonlarga kirib bormagan. Bu favqulodda holat bilan bog‘liq.

“Chunki gaz bosimining ko‘tarilishi 27-yanvar ertalabdan boshlandi va me’yoriga chiqish qozonxonalarda ham asta-sekinlik bilan davom etyapti. 27-yanvar tunga borib me’yoriy bosqichga chiqish imkoniyati bo‘ladi. Gaz bosimining mana shunday ko‘tarilib borishi issiqlik ta’minotidagi oldingi holatga qaytishga yordam beradi”, — degan Jamoliddin Qalandarov.

Uning ta’kidlashicha, birgina Toshkent shahridagi barcha qozonxonalarda bir soatda 19 ming metr/kubdan ortiq suv isitiladi va xonadonlarga yuboriladi.

O‘zbekistonda kuzatilgan elektr energiyasining yirik nosozligi xronologiyasi
25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tirbandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilgandi.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Hojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Mavzuga doir: “Toshkentda svet o‘chganiga hayron qoldim”. Poytaxt aholisi va mehmonlari elektr energiyasidagi uzilishlar haqida (video)

Keyinroq Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” ekanini ma’lum qilib, fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasida kuzatilayotgan nosozlik bo‘yicha komissiya tuzildi. Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi to‘liq tiklanganini xabar qildi. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi. Toshkent IESning faoliyati qisman tiklanib, 7 ta energoblokdan 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.

Energiya tanqisligi ortidan O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.

26-yanvar soat 02:30 ga borib O‘zbekistonning 7 ta hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklangani xabar qilindi. Biroq shu kuni soat 18:00 ga kelib bunday hududlar soni 4 tagacha qisqardi.

Energetika vazirligi tizimda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgandi. Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha ishlar ham davom ettirilmoqda. 27-yanvardan boshlab O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi gaz zapravkalar ishi tiklana boshladi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, energotizimdagi nosozliklar ortidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmaydi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1013 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kunlar, to‘lov, tizimi, Uchun, tashlanadi, O‘zbekistonda, chegirib, ishlamagan, isitish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное