O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi besh kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 902,76 so‘mni tashkil qildi. Yevro 35,08 so‘mga oshib, 10 847,16 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,09 so‘mga yuqorilab, 181,64 so‘m bo‘ldi.Bundan avval ushbu valyuta kursi ketma-ket besh kun pastlab, 10 888,30 so‘mni tashkil qilgandi.