O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 25 iyun kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSh dollari 7871 so‘m, 66 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 12,33 tiyinga arzonladi.
1 yevro 23 so‘m, 47 tiyinga qimmatlab, 9174,42 tiyinni tashkil etdi.
1 Rossiya rubli 21 tiyinga qimmatladi va 125,10 tiyinni tashkil etdi.
Qozog‘iston tengesi 0,27 tiyinga arzonlab, 23,15 tiyinni tashkil etdi.
1 Qirg‘iziston somi 10 tiyinga arzonlab, 115,59 tiyin, 1 Tojikiston somoni 1 so‘m, 53 tiyinga arzonlab, 866,06 so‘mni tashkil etmoqda.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.