O‘zbekistonda 23 oktyabrdan e’tiboran AYoQShlarda benzin narxi oshadi. Ushbu ma’lumotni «Gazeta.uz» nashriga yangi narxlar osib qo‘yilgan ayrim AYoQSh xodimlari ham tasdiqlashdi.
Yangi tarifga ko‘ra Ai-80 markali benzin narxi 2075 dan 2800 so‘mga (34,9%), Ai-91 —2280 dan 3000 so‘mga (+31,6%), Ai-95 —2505 dan 3300 so‘mga (+31,7%) oshadi.
Avtomobil yoqilg‘isi narxi mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. Qaror 22 oktabr kuni e’lon qilindi.
Bungacha benzin narxi 2014 yilning yanvarida 20% oshgandi. Keyin benzin narxi 2015 va 2016 yillarda iste’mol solig‘i stavkasi o‘zgarganligi munosabati bilan (25 va 45 so‘mga) ko‘tarilgan.