O‘zbekistonda avtomobillarni qarzga beruvchi Rent-car xizmati joriy etiladi
Bugun, 19 fevral kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining matbuot xizmati xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda avtomobillarni ijraga beruvchi Rent-Car xizmatini tashkil etish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
Bu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni rivojlantirishga doir qarorning ijrosi sifatida amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, biznesmenlar loyihaga katta qiziqish bildirishdi va bu yo‘nalishda bir nechta namunalar tayyorlangan.
Mazkur xizmat turi Buxoro bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Xorazm va boshqa turistik markazlarda tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Avtomobil ijarasi muayyan muddatga (bir necha soatdan bir necha oygacha) haydovchisiz avtomobilni berishni ko‘zda tutadi.
Ijarani rasmiylashtirish uchun pasportdan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasi ham kerak bo‘ladi.
Mazkur xizmat turidan ham O‘zbekiston fuqarolari, ham chet elliklar foydalanishi mumkin.
Joriy yilning 3 fevralida qabul qilingan ichki turizmni tezkor rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror shundan dalolat beradi.