O‘zbekistonda avtomobillarga Gaz balloni o‘rnatish taqiqlandimi?
So‘nggi paytlarda haydovchilar orasida 2016 yil 1 iyundan kompozit (kapron) ballon o‘rnatilgan avtotransportlarga gaz to‘ldirish to‘xtatilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga murojaat qildik.
Xolmatjon SAYDALIEV, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘i:
—Ha, to‘g‘ri. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari to‘g‘risida”gi umumiy reglamentning 48-bandida O‘zbekiston Respublikasida SPG-2, SPG-3 va SPG-4 turdagi ballonlarni avtotransport vositalariga o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yildi. Mazkur qaror 2016 yilning 11 may kunidan kuchga kiradi.