Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda fotoxabarlar qoldirilgan. Suratlarda aks etgan e’lon-bannerlarda mazkur qaror Qashqadaryo viloyati hokimining farmoyishiga asosan qabul qilinganini ko‘rish mumkin.
Vaziyat yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan bog‘lanishga urinish besamar yakunlandi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan birining yozishicha, mazkur taqiq ba’zi bir noqulayliklarni ham keltirib chiqarmoqda.
Bisotimda bor-yo‘g‘i bitta Damas’im bor. O‘zbekiston ko‘chasiga har kuni 5- va 9-maktablarga uch o‘g‘limni, Iqtisodiyot kollejiga katta o‘g‘limni, “Turnacha” bog‘chasiga kenja o‘g‘limni tashlash uchun, Milliy bankka kun osha bir marta va boshqa yumushlar bilan kuniga olti marta kirib chiqaman. Yo‘l nazoratchilari esa meni O‘zbekiston ko‘chasidan chiqarib tashlamoqda. Umuman tushunmay qoldim.
Asl Qarshilik, Facebook foydalanuvchisi
Avvalroq Andijon shahrida ham Damas’lar faoliyati taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgan, biroq viloyat hokimligi bu ma’lumotlarni rad etib chiqqan edi.
Mavzuga doir: Andijonda Damas’da yo‘lovchi tashish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi