Virtual muloqotlar, qizlar bilan tanishish, sinovidan
o'tmaganlari bilan behayo suhbatlar qurish jon-u dili edi. Toki bir voqea uning
hayotida chuqur iz qoldirmagunicha. Xullas, u internetda taniqli aktrisalardan
birining suratlarini qo'yib olib, "Guli" degan ismda profil ochgan
qiz bilan tanishib qoldi. Uning ham saytdagi ismi boshqa edi. Bir-ikki
gaplashganlaridan keyin qizni uchrashuvga taklif qildi. Aytilgan vaqtda,
aytilgan joyda o'tirgan yigitning diqqatini uzoqdan köringan qiz öziga tortdi.
Uchrashuv joyiga... uning singlisi kelardi... Qiz ham uni ko'rib qoldi... Yigit
tiligacha muzlab ketdi... Saytda gaplashganlarida unga aytilgan behayo
takliflari, qizning sharmisora javoblari... Shundan beri saytlarga
yo'lamaydi... Singlisining esa yuziga ham qaragisi kelmaydi... O'sha
"uchrashuv"dan keyin uni qattiq do'pposladi, qo'lidan telefonini olib
qo'ygan... Lekin yuragini qandaydir iztirob kemirgani kemirgan... U doim bir
narsani öylaydi: "Men singlim bilan tanishgan nechanchi yigit ekanman-a?..."