Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Klon-soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

"O'ZBEKNAVO" da Adolat onlari!
"O‘zbeknavo"da ADOLAT ONLARI!
28-fevral kuni "Navoiy" nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi "Plagiatga qarshi" mavzusida majlis o‘tkazdi.
Majlisni "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi raxbar muovini Murod Majidov ochib berdi.
Reportaj bilan tanishtirar ekanmiz, mazkur majlisdan 50 minutlik bo‘lsa xam ushbu videoni boshidan oxirigacha tomosha qilishni judayam tavsiya qilamiz! Chunki bu yerdagi reportajga kirmagan yana ko‘plab qiziq mavzu va baxs-munozaralar videoda bor.
Yutubda tomosha
Maytub tasiksda tomosha
So‘nggi paytlar telekanallarda "aylanayotgan" ayrim ijod namunalarini asl mualliflik turlari ekranda namoyish qilindi.
"Farxod va Shirin", Xusan, Baxrom Nazarov, Diyor Maxkamov va Aziza Nizomovalarning qo‘shiqlarini originallari ekranda namoyish bo‘lganini bilish qiyinmas edi.
Majlisda plagiat xaqida shu qadar chuqur va shu qadar oddiy fikrlar bilan oqibatlari xaqida , kerak bo‘lsa faktlari bilan keltirib berildiki, uni bevosita videoda taqdim etishni lozim topdik.
Estrada san’atini rivojlantirish xamda muvofiqlashtirish uyushmasi a’zosi, "Jaxon adabiyoti" jurnali bosh muxarriri, filologiya fanlari nomzodi Shuxrat Rizaevning shu kungi ko‘plab fikrlari juda o‘rinli va ayni nishonga borib tegdi.
Shuxrat Rizaev:-...Millionlar uchun timsol bo‘lgan Gugush kimlarni targ‘ib etyapti?
Asli Eronlik xonanda ayni damda AQShda xonandalik faoliyatini yuritib, so‘nggi "Bexisht" (Jannat) qo‘shig‘iga ishlangan klipda noan’anaviy orientatsiya soxibalari, xususan ayolni ayolga bo‘lgan muxabbati tasvirlanishidagi salbiy targ‘ibot xaqida gapirildi. (Batafsil videoda)
-Shunday chiroylik an’anaviy qo‘shiqlarimizni kuylab chiqqan Ziyoda saxnada sportsmenkalarga o‘xshab sakrashga intilayotgan xatti-xarakatlar bilan "Bo‘m bo‘m shumbola" degan tushunarsiz so‘zlarni kuylab chiqqani xayratlantirdi...(Plagiat mavzusiga qo‘shimcha sifatida: Ziyodaning "Assalom aleyko‘m" qo‘shig‘i xam plagiat ekanligi aniqlandi-muall)
"Bojalar" guruxining so‘nggi "Jamshid" qo‘shig‘i xaqida xam tanqidiy fikrlar bildirilayotganida zalda o‘tirgan Jaxongir Poziljonov "Zo‘r ashula bo‘lganu" deya gap tashladi. Biroz o‘tmay esa u majlisni tark etdi.
Shuxrat Rizaev:-Bir paytlar qimorbozlar "Yo Jamshid" deya oshiq otishardi. O‘shanga moslab qo‘shiq aytyapti desam u Jamshid degan yigitga bag‘ishlanganligini ma’lum qildi. Kichik bolalarni ongiga nima kiryapti? "Qora tanli bojalar" degan film rejisserini bu 16 yo 17-filmi ekan. 31 yoshlik bu rejisser agar normal tempda yiliga film olgan deb xisoblansa, demak u 15 yoshidan film suratga olayotgan bo‘lib chiqar ekan. Bu filmni ko‘rib yoqam tikka bo‘ldi. O‘zbekkino qaerga qarayapti? Filmni tomosha qilib tasavvur qildim: Biz shunaqamizmi? Odamni xayoliga keladigan birinchi fikr shu bo‘ladi. O‘zbeklar shunaqami? Bunaqangi shaklda tirikchilik qilish odam o‘zini butun bir xamiyatini, izzat-nafsini sotib tirikchilik qildi degan gap.
Shuxrat Rizaev: -"Zamonam shunday, armonam shunday" deya Rayxon yangi so‘z yasayaptimi? Bu buzg‘unchilik, kim yozib beryapti , kim ruxsat beryapti?...
Shuxrat Rizaev:-Antonio Garbaj "Qamoq daftarlari"da madaniy inqilobchilar uchun dastur ishlagan....
Undan bir shingil parcha keltirilganida xozirgi butun dunyodagi san’at olamidagi voqealar tubida aynan mana shu dastur qo‘llanmasi yotganini ko‘rasiz. (Bu parchani videoda ko‘rasiz)
Shuxrat Rizaev:-Alisher Uzoqovni jinni jinni qiliqlariyu mimikalardan ota bobongni masxaralayapsan, kimni nabirasisan? Xozirgacha ma’naviy jixatdan tirik bo‘lgan qo‘shiqlar kuychisi Ma’murjon Uzoqovni nabirasisanku deya tanbex bergandim. Natijasi yomon bo‘lmadi.
"O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi jurnalisti, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi lisenziya berish komissiyasi a’zosi Gulchexra Saydiyev lisenziya olish uchun kelayotgan aksariyat yoshlarni qo‘shiqlaridagi sayoz matnlar xaqida aytilganida bundan beshbattarlari xozirda efirda ketayotganini baxona qilishlari xaqida aytdi. Yangi xonandalar taniqli va mashxur xonandalardan andoza olishmoqda...
Millati yo‘q bolalar kimlar? (batafsil videoda)
Gulchexra Saydiyev:-O‘zbek bo‘lganidan keyin o‘zbekligiga javob berishi kerak. O‘zbeklar masxaraboz emasku. Kinoimiz masxarabozlikka aylanib bo‘ldi. Rejisserlarda or-nomus bormi? Vijdon bormi?
Dunyo ekranlarini qarang, qanaqa chiroylik chexralar...
Gulchexra Saydiyev:-:-Vaqt ko‘rsatadi deyishadi lekin u saxnadan tushgunicha qancha odamlarni zaxarlaydi? Bolalarimizga raxmingiz kelsin, didsiz qilib qo‘yyapsizlar. Didsiz farzandni tarbiyalash kimga kerak? San’atkorda ichki madaniyat bo‘lmas ekan u xech narsaga erishmaydi! "Bojalar" guruxini "Jamshid" qo‘shig‘ini zo‘r deyishimiz didimiz va farosatimizni shu darajaga keltirganimizmi?
So‘zni ma’suliyatini faqat o‘qigan odam biladi. 70 foiz xonandalar matbuotda aljiraydi! Boshqacha aytish mumkinmas. (by sJ)
manba: sayyod.com


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2756 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное