O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshdi
Ayni vaqtgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo'lganlar orasidan aniqlangan. Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o'lim holati qayd etildi.