O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 29 sentyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to'lovlari uchun xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko'ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 5 so'm 9 tiyinga qimmatlashib, qiymati roppa-rosa 2621 so'mni tashkil qilmoqda. 1 Еvro 33 so'm 97 tiyinga arzonlishib 2940 so'm 95 tiyinni tashkil qilib turibdi.
Bu haftada Rossiya rublining so'mga nisbatan qiymati oshdi. Yangi kursga ko'ra, 1 Rossiya rubli 1 so'm 45 tiyinga qimmatlashib, 39 so'm 91 tiyin qiymatga ega bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog'ida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.