O'zbekiston Respublikasi Haydovchilik guvohnomasi yana bir mamlakatda tan olindi
24 dekabr kuni 2015 yilning 28 may kuni Seul shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va almashtirish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kiradi, bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar beradi.
Bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari nazariy va amaliy imtihonlar topshirmasdan o‘z guvohnomalarini Janubiy Koreya haydovchilik guvohnomasiga almashtirganlaridan so‘ng Koreya Respublikasi hududida transport vositalarini boshqarishlari mumkin.
Koreya Respublikasi haydovchilik guvohnomasi, basharti Koreya Respublikasi vakolatli organi tomonidan qo‘yilgan apostil hamda O‘zbekiston Respublikasidagi notarial idora tomonidan tasdiqlangan o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston hududida O‘zbekiston Respublikasi haydovchilik guvohnomasi bilan teng ravishda amal qiladi deb tan olinadi.
Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.