Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ishq Ertagi - Title sound
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nargiza Abdullayeva: “Eng katta dushmaning turmush o‘rtog‘ing bo‘lar ekan”

Ba’zida ayolning ko‘zlari quvnab tursa-da, uning qalbi yig‘layotganini hech sezganmisiz? Yoki bu mo‘’jizaviy xilqat o‘zini baxtli qilib ko‘rsatsa-da, aslida baxtsizlikdan aziyat cheksa-chi? Aktrisa Nargiza Abdullayeva bu haqda “Bekajon” gazetasi bilan dardlashdi. 
“Oila deb atalmish maktabda ham ancha haqiqatlarni anglab yetdim. Ayol faqat o‘zini qurbon qilib egilaversa, uni ayamasdan tepib o‘tisharkan. Ko‘pni ko‘rgan onaxonlarimiz bekorga ayol sirli xilqat bo‘lishi, hattoki oilada ham barcha sirlarni ochib tashlamalik kerakligi haqida uqtirishmas ekan. “Eng katta dushmaning turmush o‘rtog‘ing” degan haqiqatning borligi ham juda qiziq. Chindan ham yillar davomida eng yaqin sirdoshingga aylangan, barcha sirlaringdan voqif bo‘la turib, keyin ayovsiz ravishda yuzingga soladigan inson, dushman bo‘lmay kim?! San’atkor ayol bo‘ladimi, erkak bo‘ladimi, har ikkalasiga oson tutmang. Uning o‘zi emas, balki aynan turmush o‘rtog‘i “yulduzlik kasal”iga chalinsa-chi? Taniqli va sevimli jufti haloli uchun xursand bo‘lishning o‘rniga, g‘ayirlik qilsa, buning natijasi yaxshilik bilan tugaydimi? Kasbingizdagi aslida sizga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ba’zi bir noxush holatlar deb boshingiz baloga qolib ketishi ham san’atkor ayolni qiynaydigan vaziyatlardan biridir. Bora-bora hammaning oldida o‘zingni baxtli ko‘rsatib, qon yutib yashashdan charchar ekansan... Ochig‘ini aytsam, shu kungacha bergan intervyularimda yolg‘on gapirib charchadim. Endi haqiqatni aytmoqchiman. Shu paytgacha “ayyor rafiqa” bo‘lgin degan gaplarga e’tibor bermasdim. Turmush o‘rtog‘im uchun doim ochiq bo‘lishim shart degan qoida bilan yashadim. Bundan pand yedim. Ayol kishi oilaning, ro‘zg‘orning yukini nozik yelkasida ko‘tarib yurishdan charchar ekan. Kezi kelganda, o‘z himoyachisiga suyunib, erkalik qilishni istaydi. Qachonki, oilada erkak va ayolning vazifalari almashib qolar ekan, bunday munosabatlarga darz ketadi. Ayol uchun tom ma’nodagi yolg‘izlik nimaligini bilasizmi? Aslida sevimli kishisiz yashash emas, balki oilada o‘sha erkagi bo‘la turib, o‘zini keraksizday his qilish va tahqirlangandek umr kechirishidir. Shu paytgacha ne-ne gaplarga chidamadim deysiz, vaqti kelganda birovdan bolasi bormish degan tuhmatlarga ham qoldim. Halol yashab turib, har qadamda turli ta’nalarni eshitaverish odamga alam qilarkan. Er va xotinning hamjihat bo‘lib, muhabbat iqlimi har qanday mayda dilxiraliklarni yuvib yuboradigan oilalarga havas qilaman”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12207 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nargiza Abdullayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное