O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muyassar Berdiqulova o‘z intervyularida xiyonat mavzusida so‘z ochdi...
— Er-xotin munosabatida agar ayol aql bilan ish tutsa, oila tinch bo‘ladi. Erkak kishi bilib-bilmay xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Hatto, shunday holatda ham ayol umr yo‘ldoshiga bo‘lgan mehrni so‘ndirmasligi kerak. To‘g‘ri, ba’zan shu xatolari sizga og‘ir botishi, alam qilishi mumkin. Lekin o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, o‘ylamay bosilgan bir qadam, bir oilani buzilib ketishiga arzimaydi. Shuning uchun ham xiyonatni kechirgan ayollarni aqlli deb hisoblayman. Ular go‘zal sabr bilan muqaddas qo‘rg‘onni asrab qolib, farzandlariga o‘rnak bo‘lishadi.