O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov doping testi topshirdi. Bu haqda sportchi Instagram'dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, test natijasi salbiy chiqqan. "Har doimgidek hammasi toza", deb yozib qoldirdi sportchi.
Ma’lumot uchun, liga jangchilari USADA (UFC antidoping dasturi) orqali doimiy test topshirib borishadi. USADA UFC'ning antidoping siyosatini o‘z ichiga olgan puxta dastur hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov so‘nggi jangini UFC 280 doirasida braziliyalik Kayo Borraloga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragandi.
32 yoshli Murodov professional faoliyati davomida 32 ta jangda qatnashib, 25 ta g‘alaba qayd etgan, 7 jangda esa imkoniyatni boy bergan.