Muqaddas Xoliqova yurak huruji tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirildi
O`zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova yurak huruji tashxisi bilan shifoxonaga tushdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Nashrning ma`lum qilishicha, Muqaddas Xoliqova 22 yanvar kuni tobi qochgani bois Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlarning tashxisiga ko`ra, Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak hurujini boshdan kechirgan va zudlik bilan shifoxonaning jonlashtirish bo`limiga joylashtirilgan.
Aktrisa 2013 yilda ham yurak xurujiga chalingan edi. Davo choralari ko`rilgach, aktrisa yana ishiga qaytdi. O`zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Muqaddas Xoliqovaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma`lumotlar yo`q.