Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 16 mart kuni soat 12.00 larda muqaddam sudlangan aka o‘z singlisini o‘ldirdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
9-mikrorayon 14-uy 25-xonada yashovchi, muqaddam sudlangan, 1981 yilda tug‘ilgan I.Shturbabin uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan singlisi, Ye.Yunusovaning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada Ye.Yunusova kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. I.Shturbabin qo‘lga olingan.