«O‘zbekkonsert» qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengashda 18 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqib, bir qancha kamchiliklar topgan.
Milena Xalilova, Kaniza, Otabek Muhammadzohid, Munisa Rizayeva, Alijon Isoqov, Shaxribonu Axtamova, Javlon Olimov, Poytaxt guruhi, Sanjar Usmonov Zafar Qurbonboyev, hamda xonanda Bexruz Toxirov qo‘shiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan ba’zi juz’iy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning o‘zlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, ba’zi kadrlardan voz kechish, to‘g‘rilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.
Manzura Yuldasheva ijro etgan «Adashdim» qo‘shig‘ining klipdagi ayrim tasvirlarni to‘g‘rilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatish rad etildi. Ammo kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng qayta topshirish mumkinligi ma’lum qilindi.
Xonanda Baxriddin Zuxriddinov ijro etgan «Dilozorim» qo‘shig‘iga ishlangan videoklip mazmuni bilan qo‘shiq mazmunida uyg‘unlik yo‘qligi, klipdagi oxirgi qismidagi dialoglar qo‘shiqqa mos emasligi ta’kidlanib, rad etildi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan so‘ng, Kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi.