O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Munisa Rizayeva avval ma’lum qilganimizdek, “Lol qolaman” deb nomlangan taronasiga videoklip tasvirga oldirgan edi. Klipmeyker Nozim Jumaev rejissyorligida tasvirga olingan videoasar bugun saytimiz orqali omma e’tiboriga havola qilinmoqda. Trek va syujet janridagi klipda ko‘plab iste’dodli aktyorlar bilan birga yosh ijodkorlar ham ishtirok etgan. Video asarda Munisa Rizayevani kutilmagan obrazda ko‘rasiz va unga bu imidjni yaratishda Hilola Sher yaqindan yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, Shahboz va Navro‘z bilan yaratilgan “Lol qolaman” qo‘shig‘iga Jasur Badalboyev tomonidan musiqiy sayqal berilgan. Ayni paytda kompozisiya o‘z tinglovchilarini topib, xalqimiz orasida ommalashishga ulgurgan. Tarona videoklipidan so‘ng yana xalqimizga manzur kelishi kutilmoqda.