O'tkir yolg'izlik yoningizda bag'ringizga bosish uchun hech kim bo'lmagan paytda emas, balki eng o'tkir yolg'izlik, hattoki, qandaydir kosmik yolg'izlik odamlar qurshovida bo'lsangiz-da, ammo ular sizga begona, siz esa ular uchun go'yo o'zga sayyoralikdek tuyulgan paytda qalbingizni temir ombir bilan qisgandek ezadi.
Biror bir kishi oldida barcha xazinalaringizni to'kib sochib, sirlaringizni ishonib baham ko'rsangiz va u bularning bariga befarq nazar solib, charchagandek yelkalarini qisganida his etiladi. Kimgadir yuragingizni ochsangiz va bunga javoban u burningiz tagida o'z qalbini mahkam berkitganida. Kimningdir ko'zlariga uning og'riq qalbiga nazar solish uchun va bu og'riqni sal bo'lsa ham yengillashtirish maqsadida qarashga harakat qilganingizda, o'zingizga javoban: «Ket», deyishganida his etiladi. Yolg'izlik siz yolg'iz o'zingiz bo'lganingizda emas. Yolg'izlik – sizni xech kim tushunmaganligida his etiladi.