Munisa Rizayeva va Samandar yoshlar bilan ingliz tilida suhbatlashadi
O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasining Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi — YLDP tomonidan 20 fevral, juma kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zbek esrtadasi yulduzlari Munisa Rizayeva va Samandar Haroqulov bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Xonandalar YLDP’ning “Sardorlar suhbati” ingliz tili so‘zlashuv klubining navbatdagi yig‘ilishiga mehmon sifatida taklif etilgan. Ushbu uchrashuv ularning yoshlar bilan ingliz tilida qilgan ilk ochiq muloqoti bo‘ladi.
Ushbu tadbir YLDP’ning bir yillik yubiley marosimi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilarning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilinishicha, marosimdan mazkur yoshlar loyihasi haqidagi interfaol ko‘rgazma, musobaqa va turli mashg‘ulotlar o‘rin oladi.