Munisa Rizayeva uch o‘g‘il va ikki qizi bo‘lishini istaydi
Xonanda Munisa Rizayeva “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etdi va o‘z hayotiy qarashlari hamda orzulari haqida qisqacha gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Agar sevib qolsam, munosabatimni birinchi bo‘lib izhor qilishdan uyalmayman. Aksincha, ko‘nglim bo‘lmagan odamga seni sevmayman, deb aytishdan qo‘rqmayman”, – dedi xonanda.