Munisa Rizayeva «MTv» kanali orqali namoyish etiladigan «MTv Show» ko'rsatuvining navbatdagi mehmoni bo'ldi. Unda xalqimiz suygan san'atkor o'zini qiziqtirgan juda ko'p savollarga javob berdi. Bu savollardan biri hozirgi kunda Munisaning yonida juda ko'p bo'layotgan, u hatto to'ylarga ham olib borayotgan kichkina qizaloq haqida bo'ldi.
Munisaning ta'kidlashicha, bu qizaloq tutingan opasining oltinchi farzandi ekan. Ismi Habibaxon. Munisa uni bir ko'rganidanoq mehri tushib qolgan, har kuni ko'rmasa, bo'lmaydigan holatga tushib qolgan. Instagramga ham suratlarini tez-tez joylashtirib turadi. Qizaloqning onasi hatto Munisaga «Bu qizimni sen uchun tuqqan ekanman!» deb hazillashib ham turarkan.