Munisa Rizayeva o‘zi rol o‘ynagan filmlarni tanqid qildi
19-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Discovery do‘konida Munisa Rizayevaning yangi albomlari — qo‘shiqlar va konsert dasturi diski taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Sayyod.com”. Unda xonanda o‘z muxlislari hamda jurnalistlar savollariga javob berdi.
Savollarga javob berar ekan xonanda o‘z ijrosidagi filmlar bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirdi.
“Menga ssenariylar yoqmayapti. Bir oyda o‘nta film chiqib yotibdi, ‘Hijron’ va ‘Nafs’ filmlari o‘zimga yoqadi”, — dedi u. Muxlislari “Kichkina xo‘jayin” yoki “Salom, Natasha”-chi, deya so‘rashganida ularni “bachkana” deya qo‘l siltadi.
Munisa “Hijron” va “Nafs” kabi filmlarga taklif qilishsa, jon deb suratga tushishini bildirdi.