Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva do‘stlarini xudbinlikda aybladi






Xonanda Munisa Rizayevaning kecha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yozib qoldirgan gaplari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Doim yaxshi kayfiyatda yuradigan xonandaning yozganlaridan uning tushkunlikka tushib qolganini payqash qiyin emas.
 
“Mangulik... Negadir doimo endi topdim deganimda, juda tez yo‘qotaman. Do‘stlarimga qolmadi ishonch, faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko‘tarilib, suvning asl ko‘rinishini ifloslantirganidek, ba’zi bir do‘stlar ham niqobini vaqt o‘tgan sayin yechib, o‘zlarini aslida mangu qanday bo‘lganliklarini oshkora ko‘rsatishadi.
 
Yuragimga kamon o‘qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do‘stlarim tomonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo‘lgan munosabatimni minnat qilmayman-u ammo ma’lum bir vaqt o‘z qadrimga shunchalar achindimki, bu meni mayda molekulalar zarralari singari parchalab yubordi. Endi, mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim”, deb yozadi Rizayeva.
 
Avvallari xonanda ijtimoiy tarmoqlarda bunga o‘xshash gaplarni yozmasdi. Doim tanish-bilishlari, do‘stlaridan mamnun kayfiyatda yurgan Rizayevani hiyonatga shu ko‘yga solgan bo‘lsa, ajabmas. 
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4226 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное