MTS kompaniyasi narxi 10 kun ichida 1 mlrd dollarga tushib ketdi
MTS kompaniyasining AQShdagi depozitar qog'ozlari narxi 2014 yil dekabridagi maksimal tushish ko'rsatkichlarini yangilab, kompaniyada kotirovkalari 13.3 foizga tushib, bitta qog'oz narxi 6.39 dollarni tashkil qildi. Shu tariqa, “Vedomosti” nashrining yozishicha, kompaniyaning umumiy kapitalizatsiyasi 2015 yil 2 noyabridan buyon 1 mlrd dollarga tushib ketdi.
Bunday tushish Vimpelcom Ltd. korruptsiya ishi bo'yicha to'lanishi mumkin bo'lgan jarimalar uchun 900 mln dollarni zaxiraga olgani haqidagi xabar tarqalganidan so'ng boshlandi.
Ayni paytda bu ish AQSh moliya vazirligi, Norvegiya iqtisodiy jinoyatlar politsiyasi, Niderlandiya prokuraturasi hamda qimmatbaho qog'ozlar va birjalar bo'yicha AQSh komissiyasi tomonidan taftish qilinmoqda.
Tahlilchilar MTSga qarshi ham mana shunday ayblovlar qo'yilishi mumkinligini aytmoqda.