Movluda Asalho'jayeva 3ta “syurpriz” muxlislar uchun...
O'zining yangilikka intiluvchanligi bilan ijod qilib, qo'shiq kuylayotgan O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist Mavludaxonim Asalxo'jayeva yoshlardan ortda qolmaslikni uddalab kelayotir.
Xonanda prodyusserining ta'kidlashicha, u yaqinda uchta yangi qo'shiq kuylab, har bir qo'shiqqa klip suratga olishga ham ulguribdi. Qo'shiqlarning nomi hozircha sir. Birdaniga "syurpriz” tariqasida muxlislarga birin-ketin taqdim etilarkan. Tez kunlarda siz bilan Mavludaxonimning ijodiy yangiliklari va ichki kechinmalari borasida o'rtoqlashamiz. Shundoq qiziqarli "eksklyuziv” suhbatni o'tkazib yubormassiz, a labbay?