Moskva shahrida istiqomat qiluvchi ayol 60 yoshida ilk bora farzand ko‘rdi. Bu haqda, “Moskva” yangiliklar agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Voqea 24-may kuni sodir bo‘ldi. Ayolning ko‘zi homiladorlikning 34-haftasida yoridi. U o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bolaning vazni 2,32 kilogrammni tashkil etdi. Tug‘ilganidan so‘ng bir necha soat davomida go‘dak diffuzion kislorodda bo‘ldi, ammo birinchi sutkadayoq onasi bilan bir palataga ko‘chirildi. Ona bolasini ko‘kragidan oziqlantirmoqda.