Mirziyoevning qizi Shahnoza Shavkatovna yangi vazirlikda ish boshladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilib, unga senator Agrepina Vasilevna Shin rahbar etib tayinlangan edi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi saytida keltirilgan rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Prezident Shavkat Mirziyoevning qizi Shahnoza Shavkatovna Mirziyoeva Maktabgacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.