Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlikning omborxonasida IIV maxsus qismining navbatchi qorovuli, 1991 yilda tug‘ilgan milisiya kichik serjanti Erlan Solpuevning jasadi topilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, milisioner navbatchilik vaqtida o‘q otar (avtomat) quroldan o‘zining boshiga o‘q uzgan. Xabarda “Hozirgi vaqtda olib borilayotgan kompleks surishtiruv jarayonida ma’lumotlar jamlanmoqda.
Shuningdek, kompleks surishtiruv jarayonida hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, tibbiy-biologik sud ekspertiza xulosalari esa tekshirilmoqda.
Bundan tashqari, xizmatni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarning xatti-harakatiga baho berilishi va ularga nisbatan qat’iy qonuniy choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.
O‘z joniga suiqasd qilgan yigit milisiya sohasida, ya’ni Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tizimida 2010 yildan beri ishlab kelgan.